Yangiliklar

Toshkentda yangi aeroport ochildi

O‘zbekiston poytaxtida sobiq “Toshkent-Sharqiy” harbiy aerodromi o‘rnida zamonaviy aeroport qurilishi yakunlandi.

Ushbu havo manzilgohini barpo etish ishlari 2017-yilda boshlangan edi.

Yangi obyektning umumiy maydoni 561 gektarni tashkil etadi.

Aeroport VIP va CIP terminallari bilan jihozlangan. Yuqori martabali mehmonlar zali ishbilarmon uchrashuvlar va muzokaralar uchun mo‘ljallangan, CIP terminal esa soatiga 100 nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Aeroport perroni 20 ta havo kemasini, jumladan ikki qavatli Boeing-747 samolyotini ham qabul qila oladi. Loyihaning qiymati hozircha oshkor etilmagan.
2025-09-29 17:33