Yangiliklar

Oʻzbekistonda import qilingan tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash tartibi soddalashtirildi.

Oʻzbekiston hukumati xorijdan keltirilgan tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnoma olish tartibini soddalashtirishga oid qarorni tasdiqladi.

Endilikda tegishli ruxsatnomani olish uchun arizani Oʻzbekiston Bojxona qoʻmitasi saytiga yuborish mumkin bo‘ladi.

Arizaga ishlab chiqarish jarayonini, mahsulot chiqish meʼyorlarini, qayta ishlangan tovarlarni identifikatsiya qilish usullarini va tegishli shartnomalarni tasvirlab beruvchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.

Regulyator ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni 10 ish kuni ichida koʻrib chiqishi shart.

Ruxsatnoma arizada koʻrsatilgan muddatga beriladi, biroq u ikki yildan oshmasligi kerak.