Yangiliklar

O‘zbekiston muzqaymoq importini deyarli uchdan biriga oshirdi

🍦2025-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonga xorijdan 1824 tonna muzqaymoq $9,4 mln qiymatida olib kirildi, deya xabar berdi Davstatqo‘m.

📈Bu o‘tgan yilga nisbatan 440 tonna yoki 31,8% ko‘pdir. Shu davrda respublikaga muzqaymoq 13 ta davlatdan yetkazib berilgan.

Eng faol manbalar:

🇷🇺 Rossiyadan — 828 tonna

🇰🇿 Qozog‘istondan — 648 tonna

🇨🇳 Xitoydan — 187 tonna

🇧🇾 Belarusdan — 73 tonna

🇫🇷 Fransiyadan — 33 tonna