2025-yilning birinchi yarim yilligida esa O‘zbekistonga jami $8,2 mlrd pul o‘tkazmalari kelib tushgan. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan $1,7 mlrd yoki 27% ko‘pdir. Shundan $6,4 mlrd yoki jami pul o‘tkazmalarning 78%i Rossiyaga to‘g‘ri keladi. Qolgan $1,8 mlrd Qozog‘iston, AQSh, Janubiy Koreya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Qirg‘iziston va Litvadan kelib tushgan.