Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev o‘z chiqishi davomida ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha uchun 1200 gektar yer maydoni ajratilgan.
Boshlang‘ich bosqichda aeroport yiliga 20 million yo‘lovchini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, u 169 ta havo kemasini joylashtira oladi va har soatda 40 dan ortiq parvoz-qo‘nish amaliyotini ta’minlashi mumkin.
Yangi aeroportni 2030-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Viloyat hokimining so‘zlariga ko‘ra, yangi aeroportga transport borishini yaxshilash maqsadida, Bekobod, Bo‘ka, Piskent, Nurafshon va Toshkentni qamrab oluvchi temiryo‘l aloqasi loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Bundan tashqari, 2026-yilgacha uzunligi 100 kilometrdan ortiq bo‘lgan avtomagistral qurilishi belgilangan.