Yangiliklar

O‘zbekistonda tovarlarni erkin muomalaga chiqarish tartibini bevosita chegara punktida soddalashtirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda

Bu haqda Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nodir Musamuxamedov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Hozirda esa, chegara kesib o‘tilgach, tovarlar vaqtincha bojxona omboriga joylashtiriladi va faqat zarur deklaratsiyalar rasmiylashtirilib, ruxsat hujjatlari olingandan so‘ng erkin muomalaga chiqariladi.

Mazkur jarayonning davomiyligi ikki uch kungacha bo‘lib, xarajatlar 15–25 million so‘mni (ya’ni 1,2–1,9 ming AQSh dollarini) tashkil etadi.
2025-09-24 16:48