«Sinxua» xabariga koʻra, Shanxi provinsiyasidan multimodal «Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston» yoʻnalishi boʻyicha quyosh panellari ortilgan ilk poyezd joʻnatildi.
Avval poyezd Shanxi provinsiyasida joylashgan «Chzhundin» logistika markazidan Qashgʻarga (XUAR, Xitoy) yetib boradi. Soʻngra konteynerlar avtomobil transportiga ortilib, «Irkeshtom» chegara punkti orqali Qirgʻizistonga olib oʻtiladi. Keyin yuk Qirgʻiziston sharqidan janubiga tranzit qilinib, qirgʻiz-oʻzbek chegarasidan oʻtadi. Yakunda esa yuk Oʻzbekistonning Andijon shahriga yetkaziladi.
Ma’lum qilinishicha, yangi yoʻnalish avvalgisiga nisbatan olti kunga qisqaroq boʻlib, u Xorgos quruqlik porti, Olmaota (Qozogʻiston) va Toshkent (Oʻzbekiston) orqali oʻtardi. Shuningdek, u har bir konteyner uchun $140,7 ga arzonroq.
Yukni Oʻzbekistonga toʻqqiz kun ichida yetkazib berish kutilmoqda.