Yangiliklar

2026-yilda O‘zbekistonda uchta yangi aeroport qurilishi boshlanadi

2026-yilda O‘zbekistonda Toshkent, Buxoro va Urganch shaharlarida yangi aeroportlar qurilishiga oid loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining fiskal strategiyasida qayd etilgan.

Vazirlik, shuningdek, ichki aviaqatnovlar hajmini 50% ga oshirish va bozorida raqobat muhitini yaratish uchun kamida olti xorijiy aviakompaniyani jalb etishga intilmoqda.

2024-yil may oyida transport vaziri Ilhom Mahkamov Buxoro tumanida yangi aeroport qurish loyihasini O‘zbekiston Prezidentiga taqdim etdi. Loyiha qiymati 226 million AQSh dollarini tashkil qiladi.

2025-yil aprel oyida Urganch aeroporti Janubiy Koreyaning Incheon International Airport Corporation kompaniyasi boshqaruviga topshirildi. Kompaniya uni modernizatsiya qilish uchun 223 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

2025-yil 1-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Toshkentda yangi aeroport qurilishini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Yangi aeroport amaldagi havo bekatidan 17 kilometr uzoqlikda joylashadi.
2025-08-08 12:40