Yangiliklar

O‘zbekistonda chet el avtomobillari uchun og‘ir va yirik yuklar tashish bo‘yicha tariflar yangilandi

Endilikda har bir kilometr uchun to‘lov ruxsat etilgan og‘irlikdan ortiqcha yuk miqdoriga qarab belgilanadi, deya xabar berdi Adliya vazirligi.

To‘lov bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) foizida olinadi — 0,08% BHM (330 so‘m, $0,027) dan 4,22% BHM (17 386 so‘m, $1,4) gacha har kilometr uchun.

Shuningdek, respublikada “Litsenziya” avtomatlashtirilgan tizimida arizalarni ko‘rib chiqish, marshrutni kelishish va ruxsatnoma berish tartibi ham o‘zgartirildi:

• dastlabki 100 kilometr uchun — 54% BHM (222 480 so‘m, $17,9)
• keyingi har bir kilometr uchun — 0,24% BHM (989 so‘m, $0,08)

Avval esa belgilangan stavkalar AQSh dollarida olinardi: 100 km uchun $25 va keyingi har bir km uchun $0,11.