Yangiliklar

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida elektron hujjat aylanishi yo‘lga qo‘yildi

Rossiya va O‘zbekiston transchegaraviy elektron hujjat aylanishini (EHA) sinov tariqasida ishga tushirdi, deya xabar berdi “Tenzoр” kompaniyasi.

Loyiha O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi va Rossiya Federal soliq xizmati hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Tizim operatori sifatida O‘zbekiston tomondan “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi, Rossiya tomondan esa “Tenzoр” kompaniyasi faoliyat yuritmoqda.

EHA joriy etilishi bitimlarni tuzish muddatini qisqartirishi, shuningdek, tovarlarni jo‘natish va soliq chegirmalarini olish jarayonini tezlashtirishi kutilmoqda.

Hozirda tizim cheklangan doiradagi kompaniyalar uchun ochiq bo‘lib, elektron imzo bilan tovarlarga hamroh hujjatlarni yuborish imkonini beradi.

Kelgusida servisga tuzatish hujjatlari, norasmiylashtirilgan hujjatlar hamda tovar-transport yukxatlari almashinuvi funksiyalari qo‘shilishi rejalashtirilgan.
2025-09-30 13:10