Yangiliklar

O‘zbekistonda aralash matolar va to‘qimachilik mahsulotlariga bojxona boji bekor qilinmoqda

Ushbu choraga 2028-yil 1-yanvargacha amal qilinadi, deya xabar berdi O‘zbekiston hukumati.

Kutilishicha, bu korxonalarni arzon xomashyo bilan ta’minlashga yordam beradi.

To‘qimachilik — O‘zbekistonning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, u mamlakat iqtisodiyotining 3%ini va sanoat ishlab chiqarishining 14%ini tashkil etadi. So‘nggi besh yil ichida mamlakatda umumiy qiymati $3,5 mlrd bo‘lgan 396 ta to‘qimachilik korxonasi ishga tushirildi, ishlab chiqarish hajmi esa $10 mlrdga yetdi.