Adliya vazirligi maʼlum qilishicha, hukumat mamlakatdan olib chiqiladigan mahsulotlarning bojxona qiymatini belgilash tartibini aniqlab beruvchi hujjatni tasdiqladi.
Bojxona qiymati — eksport bojlari va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashda asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi.
Hisoblashning quyidagi usullari nazarda tutilgan:
Vazirlik taʼkidlashicha, ushbu tartib hisob-kitob jarayonini takomillashtirish hamda eksport mahsulotlari bojxona qiymatini aniqlashda subyektivlikni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Bojxona qiymati — eksport bojlari va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashda asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi.
Hisoblashning quyidagi usullari nazarda tutilgan:
- Eksport qilinayotgan tovar bo‘yicha bitim narxidan kelib chiqib.
- Identik tovarlar bo‘yicha bitim narxiga asoslanib.
- O‘xshash tovarlar bo‘yicha bitim narxidan foydalanib.
- Xarajatlarni yig‘ish usuli (ishlab chiqarish va eksport xarajatlari hisobga olinadi).
- Zaxira usuli, yaʼni bojxona organlari maʼlumotlari va narxlar haqidagi muqobil manbalardan foydalanish orqali.
Vazirlik taʼkidlashicha, ushbu tartib hisob-kitob jarayonini takomillashtirish hamda eksport mahsulotlari bojxona qiymatini aniqlashda subyektivlikni bartaraf etishga xizmat qiladi.