Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida haftasiga 238 ta aviareysgacha ruxsat beriladi
Qozog‘iston va O‘zbekiston aviatsiya idoralari ikki davlat o‘rtasida muntazam aviareyslar sonini ko‘paytirishga kelishib oldi, deya xabar berdi O‘zbekiston hukumati.
Nimalar kelishib olindi:
• “Olmaota – Toshkent” va “Astana – Toshkent” yo‘nalishlarida haftasiga 42 reysgacha oshirish • Boshqa barcha yo‘nalishlarda haftasiga 7 reysgacha oshirish • Muntazam reyslar uchun manzillar sonini ko‘paytirish
Umumiy ruxsat etilgan parvozlar chastotasi haftasiga 238 reysni tashkil etadi.